- Sanasi bor
- TOP
- Tabiat turlari
Issiq-Ko'l — Qirg'iziston tog' dengizi
Issiq-Ko'l plyaji va Tyan-Shan tog'lariTur haqida
Sakkiz kunda Issiq-Ko'lni to'liq aylanib chiqamiz: shimoliy qirg'oqdagi Cho'lpon-Ota kurorti, Grigoryev darasi, Qoraqo'l shahri, Jeti-O'g'uz qizil qoyalari va janubiy qirg'oqdagi «Ertak» kanyoni.
Dastur osoyishta: har kuni bitta asosiy ekskursiya va ko'l bo'yida dam olish uchun vaqt. Guruh 10–18 kishi, gid o'zbek va rus tilida so'zlashadi. Tog'da havo tez o'zgaradi — issiq kiyim olishni maslahat beramiz.
Kunlik marshrut
Bishkekka parvoz, aeroportda kutib olish va mehmonxonaga transfer. Kechqurun Ala-Too maydoni va Dubovy bog'i bo'ylab tanishuv sayri.
Yo'lda XI asrga oid Burana minorasi va tosh haykallar muzeyi. Boom darasi orqali ko'lning shimoliy qirg'og'iga yetib boramiz va pansionatga joylashamiz.
Ertalab ochiq osmon ostidagi qoyatosh rasmlari muzeyi. Tushdan keyin plyajda dam olish yoki ixtiyoriy kema sayri.
Archazor bilan qoplangan Chong-Oqsuv darasiga sayohat: tog' daryosi, o'tovlar va milliy taomlar bilan tushlik (ixtiyoriy).
Ko'lning sharqiy chekkasiga o'tamiz. Mixsiz qurilgan yog'och Dungan masjidi, Muqaddas Uch Birlik cherkovi va Prjevalskiy muzeyi.
«Yetti ho'kiz» va «Singan yurak» qizil qoyalari, tushdan keyin Oqsuv issiq mineral buloqlarida cho'milish.
Rang-barang gil qoyali «Ertak» kanyoni va janubiy qirg'oqdagi to'xtashlar. Kechqurun Bishkekka qaytamiz.
Ertalab O'sh bozorida sovg'a xaridi uchun erkin vaqt, keyin aeroportga transfer va Toshkentga parvoz.
Narxga nima kiradi
Kiritilgan
- Toshkent–Bishkek–Toshkent aviachiptalari
- Mehmonxona va ko'l bo'yidagi pansionatda 7 kecha, nonushta bilan
- Barcha aeroport va shahar transferlari
- Programmadagi barcha ekskursiyalar va kirish chiptalari
- O'zbek va rus tilida gid xizmati
- Tibbiy sug'urta
Kiritilmagan
- Tushlik va kechki ovqat
- Shaxsiy xarajatlar va sovg'alar
- Ixtiyoriy qo'shimcha ekskursiyalar
- Bir kishilik xonaga qo'shimcha to'lov
- Chaevoy va gid uchun rag'bat
Jo'nash sanalari va o'rinlar
- 18–25 oktabr 2026Yakshanba12 o'rin qoldi$470
- 1–8 noyabr 2026Yakshanba16 o'rin qoldi$470
- 16–23 may 2027Yakshanba20 o'rin qoldi$490
O'rinlar soni bron tasdiqlanganda menejer tomonidan aniqlashtiriladi. O'rin tugagan sanani tanlash mumkin emas.
Mas'ul mutaxassis
Muhim ma'lumot
Viza
Amaldagi viza qoidalarini bron qilishdan oldin menejerimiz aniqlab beradi.
Pasport
Pasport amal qilish muddati qaytish sanasidan kamida 6 oy ortiq bo'lishi kerak.
Bekor qilish
Jo'nashga 21 kun qolganda bepul bekor qilinadi. Keyin shartlar qo'llaniladi.
Shunga o'xshash turlar
Barcha turlar
So'rov bo'yichaXitoy — «Avatar» tog'lari va Guangzhou
«Avatar» filmiga ilhom bergan Zhangjiajie tog'lari va zamonaviy Guangzhou.
$1,5201 kishi uchun · danBatafsil
TOPSanasi borOzarbayjon — «7 mo'jiza» ekskursiyasi
Baku, Gobustan, Yanardag va Atashgah — olti kunda yettita noyob makon.
4 o'rin qoldi$6901 kishi uchun · danBatafsil
TOPSo'rov bo'yichaDubay — Hashamatli BAA sayohati
Burj Xalifa, cho'l safari va Palm Jumeyra — yetti kechalik shahar dam olishi.
$1,3751 kishi uchun · danBatafsil